XORIJDAGI TUMANDOSHLARIMIZ OILALARIDAN HOL SO‘RALMOQDA

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishidagi bergan topshirig‘iga asosan tumanimizda sektor rahbarlari va mahalla beshliklari xorijga chiqib ketgan mehnat migrantlari xonadonlarida bo‘lib, ularning faoliyati hamda sharoitlarini o‘rganishmoqda.

Tuman hokimi ham Mustaqillik mahallasidagi mehnat migrantlarining oila aʼzolari bilan shaxsan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan fuqarolarimiz bilan video aloqa orqali suhbatlashib, holidan xabar olindi.

Muloqot chog‘ida qiyinchliklarga duch kelayotgan yoki ish topolmayotgan fuqarolarimizning uyga qaytishiga ko‘maklash va ish o‘rinlariga joylashtirish, shu kabi ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi  ilgari surildi.

Bir so‘z bilan aytganda, migrantlar oilalarining yashash sharoiti, muammolarini chuqurroq o‘rganish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM