KEKSALARIN QADRLAGAN EL BU

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab, “Nuroniylar tibbiy ko‘rigi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabati bilan tumanimizda bugun keksa otaxon va onaxonlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Tibbiy ko‘rikda viloyat shifoxonalaridan tashrif buyurgan 20 turdagi tor soha mutaxassislari nuroniylarga oliy darajadagi tibbiy xizmat ko‘rsatishdi.

Ular 550 ga yaqin fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishib, shundan 395 nafarida turli kasalliklar aniqlashdi.

Shulardan, 4 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 345 nafariga ambulator hamda 51 nafariga esa statsionar yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM