RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI NARPAYDA

Tumanimizga tashrif buyurgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida tumandagi sektorlar faoliyati, ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishdi.

Dastlab, birinchi sektor aʼzolari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganishdi.

So‘ng yangidan tashkil etilayotgan "Narpay teks" MCHJning qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shu kabi, Tinchlik mahallasidagi "Samarqand silk AO" MCHJ pillani qayta ishlash korxonasi faoliyati hamda uchinchi sektor binosini va bo‘sh turgan obyektlar ham o‘rganildi.

Shuningdek, Maroqand sifat MCHJ va NBA Allianz MCHJ yirik ishlab chiqarish sanoat korxonalarida ham bo‘lishdi.

O‘rganish davomida masʼullar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, tegishlilarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM