TUMANIMIZ YOSHLARI TEATRDA

Yoshlar ishlari agentligida har shanba kuni “Madaniyat tadbirlari kuni” deb belgilangan.

Shu munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligining tumanimiz masʼullari bir guruh uyushmagan yoshlar hamrohligida Kattaqo‘rg‘on drama teatriga borishdi.

Dastlab, tumanimiz yoshlari teatr muhiti hamda unda faoliyat ko‘rsatgan aktyorlarning hayot va ijod yo‘li bilan tanishishdi. Tashrif davomida, teatrda “Quticha” nomli spektakl namoyishi etildi.

Kishiga, har qanday yutuqning ortida ulkan mashaqqat va mehnat yotishini uqtiruvchi ushbu tomosha barchaga manzur bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM