O‘Z KASBINING FIDOYILARI EʼTIROF ETILDI

Davlatimizda taʼlim sohasi sifatini oshirish hamda yana-da rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ayniqsa jonkuyar ustoz va murabbiylarning hissasi katta.

Joriy yilning 6-avgust kuni Samarqand shahrida bir qancha taʼlim sohasi vakillariga “Taʼlim iftixori” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shular qatorida, tumanimizning 60-umumtaʼlim maktabi direktori Ruqiya Shukurova, 17-umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi Nasiba Muhammadiyeva va 5-umumtaʼlim maktabining xodimi Nargiza Ro‘ziyevalar ham ushbu ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM