YOSHLAR KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida, Yoshlar ishlari Narpay tumani bo‘limi xodimlari tomonidan  tumanimizdagi yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, tuman hokimining o‘rinbosari ayni paytga qadar qilingan ishlarda yul qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda kelgusidagi bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor ishlar borasida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘z faoliyati davomida yutuqlarga erishgan va samarali ish olib borgan yoshlar yetakchilari hamda ularning onalariga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM