MAHALLALAR HOLATINI O‘RGANISH DAVOM ETADI

Ozoda joyda baraka bo‘ladi, obod yerning esa fayzi bo‘lakcha. Tumanimizda obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti.

Bu gal, shanba ozodalik kuni munosabati bilan tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot masʼullari hamrohligida 4-sektordagi Ahillik, Barkamol, Baxt, Bolg‘ali, Mang‘it, Muqimiy, Mushkent, Narpay, Tepa, Totkent, Xalqobod, Chaykal mahallalarda aholining yashash tarzi, hududlarning obodligi, mahalla xodimlarining faoliyati, “Obod ko‘cha, obod xonadon va obod mahalla” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, aholi yashash turmush sharoitlarini yana-da yaxshilash, ularga qulayliklar yaratish, yo‘llar atrofini tozalash, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qilingan ishlar o‘rganildi.

Shu bilan birga, ish faoliyati davomida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mahalla beshliklari va masʼullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish xususida ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM