LOQAYDLIK - TINCHLIKNI KEMIRUVCHI ILLATDIR

Davlatimiz rahbari tomonidan 28-iyul kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan videoselektorda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha alohida muhim topshiriqlar berilgan edi.

Shunga muvofiq tumanda barcha jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning umumiy holati qaytadan tahlil etildi. Jinoyatchilik soni nisbatan ko‘paygan 8 ta qizil va 4 ta sariq mahallalarning "Mahalla beshligi", hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlari, imomlari va otinoyilari, faol nuroniylar sektor rahbarlari tomonidan muhokamaga taklif qilindi.

Muhokamada nafaqat o‘tgan 7 oy, balki, so‘ngi 3 yilda sodir etilgan jinoyatlarning kelib-chiqish sabablari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tuman hokimligi tomonidan tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari tomonidan o‘rtacha og‘ir tan jarohati jinoyatlari kamaygan bo‘lsa o‘g‘irlik jinoyatlar nisbatan ortgani bildirib o‘tildi.

Eng qizig‘i, ushbu sodir etilgan 30 ta sodir etilgan jinoyatlarning oldini olsa bo‘ladigan jinoyatlar toifasiga kiradi. Shu tufayli, mahalladan tashrif buyurgan masʼullarning bu borada olib borayotgan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish yakuni bilan ushbu mahallalarda alohida yo‘l xaritalar tuzilib, amalda ish tashkil etish bo‘yicha "Narpay namunasi"ni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM