G‘O‘ZA PARVARISHIGA DOIR SEMINAR

Ayni paytda, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa g‘o‘za parvarishlash davrining eng muhim pallasi sanaladigan bu kunlarda, tumanimizdagi ushbu soha masʼullari tinim bilmay ter to‘kishmoqda.

Xususan, tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, Paxtachilik kengashi vakillari, tegishli tashkilot masʼullari va 2-sektor hududidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida, Sobirjon Gadoyev fermer xo‘jaligiga qarashli paxta maydonida seminar tashkil qilindi.

Seminar doirasida, hozirda g‘o‘za dalalarida olib borilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan o‘tkazish, kerakli ozuqalarni yetarlicha berish choralarini ko‘rish xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM