VATANPARVARLIK RUHIDAGI MUSOBAQA

Tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada, tumanimizdagi kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in hamda murosasiz bo‘lib o‘tgan bellashuvda, tumanimizning 2-son kasb-hunar maktabining Qalqon jamoasi, 1-son kasb-hunar maktabining Burgutlar jamoasidan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM