SALOVATLIKLAR ISMALOQ YETISHTIRISHNI KUCHAYTIRISHADI

Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qo‘rg‘onidir.

Tuman hokimi Salovat mahallasining nuroniylari, faollari va ko‘cha boshlari bilan uchrashdi. Ucharshuv davomida ko‘chalarni yana-da obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tomorqadan unumli foydalanish haqida so‘z bordi.

Mahalla ahli tashabbusi bilan “Bir mahalla – bir  mahsulot” tamoyili asosida har bir xonadonda ismaloq ekib, yetishtirishga kelishildi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida aholi xonadonlarida, tadbirkorlik subyektlarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, o‘z tavsiyalarini berdi.

Jumladan, ota-bobolarining ishini davom ettirib kelayotgan Zokir hunarmandning tandir ishlab chiqarish loyihasi ham ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda mahallada obodlik yo‘lida qilinayotgan ishlar qizg‘in.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM