TUMANIMIZNING ENG ChEKKA HUDUDLARIDAN BIRIDA SOG‘LOMLASHTIRISH MARKAZI FAOLIYAT BOSHLADI

Bugun yurtimizda, xususiy tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilishda fuqarolar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Tumanimizning Olti o‘g‘il mahallasida yashovchi Muhabbat Murodova ham 33 million imtiyozli kredit olib, mahalla markazida ayollar sog‘lomlashtirish markazi tashkil qildi.

Tadbirkor ayol, hozircha 10 nafardan ortiq xotin-qizlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ushbu markaz faoliyatini kelgusida kengaytirish niyatida.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM