TINIM BILMAS YO‘LSOZLAR

Bugun tumanimizdagi boshqa mahallalarda bo‘layotgani kabi Faravon mahallasining ham obodonlashtirish va yo‘llarini ravon qilish borasida bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda.

Xususan, ayni paytda, ushbu mahalla hududidagi ichki yo‘llarning bir kilometrdan ortiqroq qismiga asfalt qoplamasi yotqizilyapti.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu yo‘lning taʼmiri loyihasiga qariyb 600 million so‘mga yaqin pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM