O‘RGANISHLAR VA NATIJALARDAN SO‘NG YOSHLAR UCHUN QABUL

Birinchi sektor aʼzolari bir hafta No‘g‘ay mahallasida bo‘lib, davomida aholining turmush tarzi, muammolari, hududdagi holat, fuqarolar, xotin-qizlar bandligini taʼminlash tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida aksar masalalar tezkorlik bilan hal etilgan bo‘lsa, 60 ga yaqin masalalar yuzasidan yo‘l xarita belgilab olindi.

Unga ko‘ra asosiy masalalar bandlik, suyultirilgan gaz, tibbiyot, ichimlik suvi, elektr va boshqa masalalarga tegishli bo‘lib, 15 ta yo‘nalish yuzasidan tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunlari bilan tuman hokimi mahallada bo‘lib navbatdagi yoshlar uchrashuvini o‘tkazdi. Yoshlar bilan uchrashuvda tushgan murojaatlar muhokamasidan so‘ng sektor aʼzolari bilan bir haftalik ishlar yakunini tahlil qildi.

Shu kabi, navbatdagi Do‘stlik mahallasida ish boshlash kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM