ZIYORATCHILAR KUTIB OLINDI

14 iyun kuni Narpaylik ziyoratchilar muborak “Haj-2023” ibodatini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoni podshohligiga jo‘nab ketishgan edi.

“Haj-2023” dasturi doirasida kvotalar soni oshirilib, tumanimizdan 32 kishi Islom olamidagi beshinchi muqaddas arkonni bajarish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Ulug‘ safar davomida tumandoshlarimiz Saudiya Arabistonining Madina va Makka shaharlarida bo‘lib, Haj amallarini mukammal ado etishdi.

Bugun erta tongdan tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli masʼullar  va bir qator fuqarolar safardan qaytgan hoji otaxonu onaxonlarimizni kutib olishdi.

Ziyoratchilar haj safarini ado etishda davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni alohida eʼtirof etishib, Allohdan yurtimizga fayzi baraka, xalqimizga farovonlik, ertangi umidimiz bo‘lgan farzandlarimiz baxti, kamolini so‘rab, duolar qilishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM