Hashar – elga yarashar

AHILLIKDA GAP KO‘P

Tungi yoritgichlar yo‘llarni charog‘on qiladi. Bugun nafaqat tuman markaziga, balki qishloq ko‘chalariga va katta yo‘llarga ham tungi chiroqlar o‘rnatilmoqda. Shu kabi, yo‘l atrofini beton qorishma bilan qoplab, piyodalar uchun yo‘lakcha barpo etishmoqda. Bu esa aholiga qulaylik yaratmoqda, albatta.

Shu kunlarda birinchi sektor hududidagi Tortuvli mahallasi ahli ham hashar yo‘li bilan ichki yo‘llar atrofida piyodalar yo‘lakchasi barpo etishib, tungi yoritgichlar o‘rnatishyapti.

Bu esa mahalla fuqarolarining hamfikrliligi, hamjihatligidan dalolatdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM