SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT

Tumanimizning Yangiobod mahallasidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan 25 nafar xotin-qizlar uchun Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

Sayohatchilar Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari bilan tanishdilar.

Ko‘hna shaharning tarixiy obidalari, aziz avliyolar, buyuk ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lgan xotin-qizlar safardan bir olam taassurot bilan qaytdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM