DONORLIK EZGU AMAL

Qon topshirish oddiy va xavfsiz jarayon bo‘lib, sizning donorligingiz sabab kimningdir hayoti saqlab qolinishi mumkin. Chunki, qon quyish turli kasalliklarni, jumladan saraton, travma, jarrohlik jarayonlari va surunkali kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

Tuman tibbiyot birlashmasida ham viloyat Qon Quyish Markazi xodimlari hamkorligida donorlik kunlari tashkil qilinmoqda.

Har bir ko‘ngilli donor fuqaro zarur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng qon olish uchun tayyorlanadi. Donorlar qon topshirib bo‘lgach ularning salomatligida o‘zgarishlar yo‘qligiga amin bo‘lgunga qadar nazoratda tutiladi.

Barcha olingan konteynerdagi qon namunalari viloyat Qon Quyish Markaziga yetkaziladi. U yerda qon namunalari tekshirilib, plazma va eritrotsitlar massasi holatiga keltirilib, tuman tibbiyot birlashmasiga qayta yuboriladi.

Bu yerda esa qayta ishlangan qonlar xalqimiz salomatligi uchun ishlatiladi.

Siz ham ushbu ezgu ishga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM