MANZILLAR OBOD, KO‘NGILLAR MUNAVVAR

Yaqin kunlargacha Oq oltin mahallasi og‘ir hudud toifasida turar edi.

Mahallada ko‘plab obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, o‘tgan bir yil ichida mahalla guzari tashkil qilindi, bir qancha xonadonlarda taʼmirlash ishlar olib borildi, yo‘llarga tungi yoritgichlar o‘rnatildi, tomorqa uchun foydalaniladigan suv yo‘llari (ariqlar) qazildi.

Shuningdek, eski Armug‘on issiqxona kompleksi o‘rnida yangi, zamonaviy issiqxona va ishlab chiqarish korxonasi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugun “Doston stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan mahalla ichki yo‘lining 860 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Yo‘lni taʼmirlashga qariyb 468 million so‘m pul mablag‘lari ajratilgan.

Shu qatorda, Chorbog‘ mahallasida ham 900 metr masofada asfaltlash ishlari olib borilgan bo‘lib, unga qariyb 500 million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM