PRESS TUR

Tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan mahalliy jurnalistlar ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Bu galgi press-turda jurnalistlar Muqimiy hamda Tepa mahallalari hududida joylashgan kichik sanoat zonalarida hamda tumandagi korxonalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan atroflicha tanishdilar.

16 turdagi qurilish materiallari (kley va rangli bo‘yoqlar) ishlab chiqarayotgan “Oqtosh ideal eksport” MCHJ hamda Gazablok ishlab chiqaruvchi Zirabuloq qurilish maskani masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonalaridagi ish jarayonlari o‘rganildi.

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM