HUSHYORLIK DAVR TALABI

Mirbozor bozori Respublikamizning eng hamyonbop savdo markazlaridan biri hisoblanadi.

Bugun rastalarda xaridorlar o‘zlariga  zarur mahsulotni topishi qiyin emas. Barcha turdagi sotuvchilar savdo-sotiq orqali daromad olishadi.

Ammo bozorda ham o‘ziga xos tartib-tamoyillar mavjud. Ayrim tadbirkorlar esa buni eʼtiborsiz qoldirishmoqda.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni inobatga olmagan holda ko‘pgina tadbirkorlar, qatnovga xalal beruvchi qo‘shimcha qurilma va jihozlardan foydalanib kelmoqda.

Shu sababdan tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida bozor qanchalik favqulodda vaziyatlarga tayyor ekanligini o‘rganishdi. Narx-navoning sunʼiy oshirilishi, do‘kon va rastalar gigiyena hamda yong‘in xavfsizligiga javob berishini ko‘zdan kechirishdi.

Aniqlangan kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etish xususida tegishli tashkilot masʼullariga ko‘rsatmalar berildi.

Shu o‘rinda tadbirkorlar o‘zi va boshqalarning xavfsizliklari, yong‘in xavfsizligi hamda boshqa kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish maqsadida hushyorlikka chaqirib qolamiz.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarini faol qo‘llab quvvatlashingizni va bu borada turli asoslanmagan gap-so‘zlarga berilmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM