YOZ – O‘TSIN SOZ

Bolajonlar intiqib kutgan yoz fasli kirib keldi. Yozgi taʼtilga chiqqan bolajonlar suv havzalarida miriqib cho‘milishni istashadi, albatta. Biroq, taqiqlangan suv havzalarida cho‘milish noxush hollarga sabab bo‘lishini ham unutmaslik kerak.

Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat davomida bolalarning Narpay kanaliga cho‘milayotgani, taqiqlangan hududda xavfsizlikka rioya etilmayotgani kuzatilmoqda.

Shu o‘rinda ota-onalar va oiladagi boshqa katta yoshdagi fuqarolarga murojaat qilmoqchimiz: farzandingizni beeʼtibor qoldirmang!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM