SUNʼIY CHIQINDIXONA YO‘Q QILINDI

Tuman aholisi o‘rtasida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik borasida doimiy ravishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramay, chiqindilarni to‘g‘ri kelgan joyga uloqtirish hollari uchramoqda.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida Do‘stlik va Yangiobod mahallalariga olib boruvchi yo‘l bo‘yida sunʼiy chiqindixona hosil bo‘lganligi aniqlandi.

Mahalliy aholi tomonidan tashlanayotgan turli maishiy chiqindilardan iborat “chiqindixona” tozalandi.

Hurmatli yurtdoshlar, unutmang! Atrof-muhit muhofazasiga, tozaligiga barchamiz birdek masʼulmiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM