PROFILAKTIK SUHBAT

Zo‘ravon yigitcha otasi tengi insonga qo‘l ko‘tardi. Uning yoshini ham hurmat qilmadi. Olgan jarohati tufayli jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Boshqa bir inson esa uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment pulini qasddan to‘lamay qochib yuribdi.

Har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Islom shoir, Alisher Navoiy va Farovon mahallalari fuqarolari o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida tuman hokimi hamda IIB boshlig‘i fuqarolar bilan yuqorida qayd etilgan jinoyat ishlarni muhokama etishdi.

Mahallalar faollari ham o‘z navbatida bu holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM