“YANGI O‘ZBEKISTONNING IBRATLI OILASI”

13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida 15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" tanlovi tashkil etildi.

Tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan uyushtirilgan tanlovda ibratli oila vakillarining ijtimoiy faolligi, mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishga qo‘shayotgan hissasi, obodonlashtirish, kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdagi harakati va boshqa jihatlari baholandi.

Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbirga fayz bag‘ishladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM