BOSH PROKUROR O‘RINBOSARI NARPAYDA

Tumanimizga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Respublika qurilish shtabi rahbari Salom Samadov viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlaridagi ish jarayonlar bilan tanishdi.

Dastlab, 54 va 18- umumtaʼlim maktablari uchun qo‘shimcha binolar qurish ishlari bilan tanishildi.

So‘ng yangidan tiklanayotgan 48-maktabgacha taʼlim tashkilotidagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shu kabi Guliston mahallasi ahliga toza ichimlik suvi yetkazib berish maqsadida suv quvurlari tarmog‘i tortish ishlari ham o‘rganildi.

Shtab rahbari byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, loyihalarda soha xodimlari uchun qulayliklar yaratishni hisobga olish zarurligi haqida alohida to‘xtaldi.

O‘rganish davomida bildirilgan takliflar inobatga olinib, qurilish jarayonlarini jadallashtirish choralari belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM