KOMBAYNLAR MAVSUMGA SHAY

Bu yil tumanimiz bo‘yicha 6590 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda. Hademay g‘alla o‘rimi mavsumi boshlanadi. Buning uchun o‘rim kombaynlari hozirlab qo‘yilgan.

Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdumajid Nurqulov tuman hokimi o‘rinbosari, prokuror, IIB boshlig‘i va qishloq xo‘jaligi masʼullari hamrohligida mavsumda qatnashuvchi kombaynlarning texnik holatini ko‘zdan kechirdi.

Mavjud 14 ta g‘alla o‘rish kombaynlarining o‘z vaqtida, sifatli taʼmirlanish holati, yoqilg‘i moylash materiallari zaxirasining shakllantirilishi va ko‘chma servis xizmati ko‘rsatish guruhlarining kasbiy, texnik tayyorgarligiga  alohida eʼtibor qaratildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM