ISTIQLOL MFY YOSHLARI TENGDOSHLARIDAN TIRISHQOQ(MI)?!

Avval xabar berganimizdek,  tumanimizdagi bir qator yoshlar tuman, sektor va mahalla mas’ullariga biriktirilgan. Mas’ullar o’zlariga biriktirilgan yoshlarga amaliy, ma’naviy va hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, xar tomonlama turli ko’maklar ko’rsatib borishi nazarda tutilgan.

Dam olish kunlari aksar yoshlar xonadonlarida bo’lishi inobatga olinib, tuman hokimi Istiqlol MFYda  istiqomat qilayogan 10 dan ortiq yoshlar xonadonida bo’ldi. Ularning yashash tarzi, oilaviy axvoli bilan tanishdi hamda ulardagi mavjud muammolarni o’rgandi.

E’tiborlisi, o’rganilgan bu yoshlar tengdoshlariga qaraganda o’z tomorqasida mexnat qilishga qiziqishlari ancha yuqoriligi ma’lum bo’ldi. 
Masalan, sog’ligida muammosi bo’lsada 29 yoshli Jaxongir ko’kat yetishtirishda va 27 yoshli Sherbek issiqxona yo’nalishida tengdoshlariga bemalol namuna bo’la oladi.
 
Shuningdek, 15 yoshli Oybek Paraolimpiya sport turlariga qiziqsa, 18 yoshli Asilbek oliy ta’limda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, Toshrabod qishlog’i yoshlari sektor va mahalla faollari bilan qishloq qabristonida katta xashar tashkil qilib, devol o’rash ishlariga poydevor quyishni boshlab yuborgan.

Uchrashuvlarda tuman hokimi ushbu yoshlar tomonidan bildirilgan masalalarni alohida nazoratga olgan xolda, ijroga qaratdi.

Xuddi shunday, tumanning 3-sektori raxbari bugun Oq oltin MFYdagi yoshlar masalalarini yaqindan o’rgandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM