OQTOSH SHAHRIDA QURILISH AVJIDA

Shu kunlarda Oqtosh shahri markazida "Tolib Karmana" MCHJ hamda Narpay massividagi "Zarafshon” KTICHK tomonidan ko‘p qavatli uy qurish uchun yer ishlari amalga oshirilmoqda. Shu kabi "Narpay inter group" MCHJ quruvchilari bir obyektda ishni yakunlash arafasida bo‘lsa, yana yangi imorat qurish maqsadida yer ishlarini bajarishyapti.

Payshanba qurilish sohasi bilan ishlash kuni etib belgilangani bois tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida yangidan qad rostlayotgan ko‘p qavatli imoratlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shu xonadonlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, birnecha yillardan buyon Gazchilar qo‘rg‘onidagi 9 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan eskirgan kanalizatsiya quvurlarining muammolari ham yechiladigan bo‘ldi. Ayni paytda “Naqlgaz maxsus qurilish” AJ tomonidan quvurlar yangilanmoqda. Tuman hokimi qurilish chizmalari bilan tanishib, bu borada masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM