ISHCHI GURUH NAZORATI

Muborak Ramazon oyi, iyd Ramazon hayitini azaliy anʼana, qadriyatlarga mos, tinch, osoyishta o‘tkazish maqsadida tuman hokimligi tomonidan masʼul tashkilot mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tarkibi tuzildi.

Ishchi guruhi aʼzolari mavjud jomeʼ masjidlarida namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar – issiq va sovuq suvlar tashkil etilganligi, namoz o‘qish joylarini toza-ozoda saqlanishi, jihozlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga mosligini o‘rgandilar.

Masjidlardagi o‘t o‘chirish jihozlari, evakuatsiya rejasi, elektr, gaz uskunalarining texnika xavfsizligi qoidalariga mos bo‘lishini taʼminlash borasida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM