SAYYOR QABUL

Bu galgi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” Navro‘z mahallasi yoshlari ishtirokida o‘tkazildi.Tuman hokimi DXX masʼullari hamrohligida mahallada yashovchi uyushmagan yoshlarning hamda fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Tegishli masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan oliy taʼlim uchun shartnoma to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam, bandlik, “Yoshlar daftari”ga kiritish, elektr transformatorni yangilash masalalarida murojaatlar tushdi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM