PROFILAKTIK SUHBAT

Erkak o‘z uyiga mast holatda kelib, turmush o‘rtog‘iga tan jarohati yetkazdi.

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Do‘stlik mahallasi fuqarolari  o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu jinoyat ishi muhokama etildi.

Dastlab tuman hokimi va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

So‘ng yuqorida qayd etilgan tan jarohati yetkazish jinoyatining kelib chiqish sabablari va oqibati yuzasidan fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM