“YANGIARIQ”LIKLARNING 15 YILLIK ORZUSI USHALDI

Tumanning olis hududlaridan biri Yangiariq mahallasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Masalan, yaqinda mahalla binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Asosiy ko‘chalarga asfalt yotqizildi.

 Hududdagi 48-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi ham tez orada to‘liq qayta tiklanadi.

Biroq, Yangiariqliklarning yana bir muammosi bor edi. Ular 15 yildan buyon tarmoq orqali uzatiladigan ichimlik suvga muhtoj bo‘lib kelishgan. 

Aslida tumanning 62 foiz qismiga suv tarmog‘i tortilgan. Atigi 38 foiz hududga ichimlik suvi maxsus transportlar orqali yetkazilmoqda. Birinchi sektor hududida esa aholini tarmoq orqali  ichimlik suvi bilan taʼminlanishi 72 foizga yetdi.

Bugun Yangiariq mahallasi ahlining uzoq yillik orzusi ushaladigan bo‘ldi.

Investitsiya dasturi doirasida "Munisxon bunyodkor" xususiy korxonasi tomonidan uch milliard yuz million so‘m mablag‘ evaziga 15 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortish ko‘zda tutilmoqda.

Ish boshlanishi oldidan tuman hokimi, tegishli o‘rinbosar, xalq qabulxonasi mudiri, nuroniylar va faollar hamrohligida qurilish maydonida bo‘ldilar. Bu yerda jonliq qurbonlik keltirilib, qurʼon tilovat qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM