“GULISTON”DA ICHKI YO‘LLARNI TAʼMIRLASHGA KIRISHILDI

Tumanning chekka hududlaridan hisoblangan Guliston mahallasining 3,1 kilometrlik ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan.

Ayni paytda “Neftech Samarqand” MCHJ tomonidan ichki ko‘chalarni taʼmirlashga kirishildi.

Maʼlumot uchun: ushbu mahallaga barcha qishloqlarini to‘liq qamrab olgan holda 40 kilometrlik toza ichimlik suvi tarmog‘i ham tortiladi.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va masʼullar hamrohligida ushbu mahallada bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Nuroniylar bilan uchrashib, suhbatlashdi. Keksa avlod vakillari o‘z navbatida bu kabi ishlardan mamnun holda yurtga tinchlik, elga omonlik tilab duoga qo‘l ochdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM