XORIJIY LOYIHALAR JADAL AMALGA OSHIRILYAPTI

Narpay tumanida xorijiy korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni paytda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “ZHONGGUO HUAXU WOOD INDUSTRY” xorijiy korxonasi fanera, DSP va OSP ishlab chiqarishni tashkil etmoqda. 

Tepa mahallasi hududidagi bo‘sh turgan sobiq paxta qabul qilish manzilgohida 6,3 million AQSH dollari qiymatidagi loyiha ishga tushishi bilan 70 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hozirda ishlab chiqarish uskunalarining bir qismi keltirilib, o‘rnatilmoqda. 

Tuman hokimi ishga tushirilishi mo‘ljallangan korxonada bo‘lib, xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi. Ularning muammolari o‘rganilib, amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.

Shu kabi “DAKA” MCHJ tomonidan 1 million AQSH dollari evaziga Mirbozor qo‘rg‘onidagi sobiq konserva zavodi o‘rnida tikuvchilik fabrikasi tashkil etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hamda tadbirkorlarning muammolari  joyida o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM