SOLIQDAN BO‘YIN TOVLAB BO‘LMAYDI

Qachonki biz o‘z vaqtida soliq to‘lovlarini amalga oshirsak, davlat byudjetiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Bu o‘z navbatida yurtimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.

Biroq, keyingi paytlarda yеr, mol-mulk soliqlarini vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan fuqarolar ham uchrab turibdi. Masalan, Turon mahallasida yashovchi 67 nafar fuqaro o’tgan yilgi  44 million so‘mlik yеr, mol-mulk soliqlarini to‘lamagan.

Birinchi sektor shtabi 4 kundan buyon ushbu mahalla ahliga soliq siyosati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili ekanligi yuzasidan tushuncha bermoqda. Natijada 16 nafar fuqaroning 19, 2  million so‘mlik soliq qarzdorligi bartaraf etildi.

Bugun ham sektor a’zolari va tuman DSI mas’ullari ushbu mahallada soliq to’lovlarini kechiktirayotgan fuqarolar o‘rtasida soliqlarni vaqtida to‘lash borasida aniq tushunchalarni berdilar.

Shuningdek, joriy yilda soliq to’lovlarini to’lanishi bo’yicha to’lov-xabarnomalar tarqatilib, ro’yxat MFY binosiga joylashtirib qo’yildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM