HOKIM VA MIGRANT YOSHLAR O‘RTASIDA ONLAYN SUHBAT O‘TKAZILDI

Bugun ish kuni yakuni bilan 2 soatga yaqin vaqt davomida telegram orqali video  suhbat o‘tkazildi.

Tuman hokimi bilan suhbatda 300 dan ortiq Narpaylik xorijda ishlayotgan va taʼlim olayotgan migrant yoshlar ishtirok etdilar.

Tuman hokimi har bir ishtirokchidan avvalo, ularning yashash sharoiti, qanday mehnat turi bilan shug‘ullanayotgani, muammolari haqida so‘rab surishtirdi. 

Ovozli suhbatda asosan qaysi toifa migrantlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa to‘lanishi haqidagi savollar, ichimlik suvi, kadastrga bog‘liq va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.

Bundan tashqari, ovozli suhbatda qatnashgan yurtimizda taʼlim olayotgan talabalar kichik turizm zonasi, logistika markazi tashkil etish, taʼlim va bir qancha masalalarda o‘z takliflarini ham bildirdilar.

Uchrashuv yakunida Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi tomonidan migrant yoshlar uchun alohida telegram guruh tashkil etildi va ushbu guruh orqali ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar belgilab borish yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM