#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “11 ayolning taqdiri Samarqandda qizig‘i yo‘qdek...” sarlavhali post tarqaldi. Unda Narpay tumani Oqtosh shahridagi dehqon bozori hududida joylashgan shu 11 nafar tadbirkorga qaraganda tegishli do‘konlarning buzilish arafasida ekanligi va tadbirkorlar taqdiri bilan hech kim qiziqmayotgani taʼkidlangan.

Olingan maʼlumotlarga, 2014-2015 yillarda Oqtosh dehqon bozorini zamonaviy talablar asosida qayta rekonstruksiya qilish to‘g‘risida Narpay tumani hokimining qarori qabul qilingan.

Shu bois Oqtosh dehqon bozori hududidan 22 nafar tadbirkorga savdo do‘konlari qurish uchun yer ajratilgan. Do‘konlarning 11 tasi tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, tadbirkorlarga mulkka egalik qilish huquqi berilgan. 11 nafar tadbirkorga esa egalik huquqi berilmagan.

Bozor hududidagi “Zangori osmon” kinoteatri rahbari 2022 yilga kelib, tadbirgohga chegaradosh hududda qurilgan shu 11 ta do‘konni buzishni daʼvo qilib, Kattaqo‘rg‘on tumanlararo fuqarolik sudiga murojaat qilgan. Sudda uning daʼvo talabi qanoatlantirilgan.

So‘ng tadbirkorlar sudning hal qiluv qarori ustidan shikoyat arizasi kiritishgan. Shu tariqa ular o‘rtasida nizo davom etib kelmoqda.

Shu kunlarda tadbirkorlar tomonidan Oliy sudga murojaat qilingan. Daʼvolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM