SOBIQ JANGCHILAR DIYDORLASHDI

O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasining tuman bo‘limi tomonidan Afg‘oniston zaminida yigitlik burchini o‘tagan Narpaylik sobiq jangchilar uchun dasturxon yozildi.

15 fevral – sobiq Ittifoq qo‘shinlarini Afg‘oniston hududidan  chiqarilganligining 34 yilligi munosabati bilan bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan suhbatda quroldoshlar jangda vafot etgan, shu kabi urushdan qaytib, turli sohalarda ishlagan va bugun hayot bo‘lmagan  do‘stlarini xotirlashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Afg‘on urushi qatnashchilari yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun shukronalar aytdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM