Hashar – elga yarashar

BAHOR ESHIK QOQMOQDA

Hademay, yasharish fasli  –  bahor kirib keladi. Dalalar yashillikka burkanib, dov-daraxtlar uyg‘onadi. Havo haroratining ko‘tarilayotgani ham ko‘klamdan darak.

 Tumanimiz bo‘ylab shanba-yakshanba – ikki kun mobaynida obodonlashtirish ishlari davom etadi. Ayni damda joylarda hasharlar uyushtirilib, ko‘chalar, guzarlar obodonlashtirilyapti. Tashkilot, muassasalar idoralari, aholi xonadonlari tartibga keltirilib, daraxtlarga shakl berilib, oqlanyapti. Dalalardagi suv yo‘llari tozalanmoqda. 

Aziz tumandoshlar! Siz ham hasharda ishtirok eting, o‘z uyingiz, hovlingizni obod qiling! Zero, tozalik bor joyda – baraka bo‘ladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM