PROFILAKTIK SUHBAT

Erkak arzimagan sabab tufayli o‘z jufti halolining boshiga urib, tan jarohati yetkazdi. 

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Ipak yo‘li mahallasi fuqarolari  o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu jinoyat ishi muhokama etildi.

 Dastlab tuman hokimi o‘rinbosari Islom Hakimov, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Hasanovlar jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

So‘ng yuqorida qayd etilgan tan jarohati yetkazish jinoyatining kelib chiqish sabablari va oqibati yuzasidan fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM