YO‘LLAR SIRPANCHIQ, EHTIYOT BO‘LING!

Zaminni oppoq qor qopladi, qishning asl manzarasidan ko‘z qamashadi. Biroq, bu yo‘llardagi transport harakatini qiyinlashtirishi turgan gap. Muzlamada avtomobil shinalari sirpanib ketib, ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sabab erta tongdan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. Maxsus transportda yo‘llarga qum-tuz aralashmasini sepishyapti.

Hurmatli fuqarolar! Siz ham xonadoningiz atrofini qordan tozalab, yo‘laklar ochishingizni, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligingizni so‘raymiz.

Hurmatli haydovchilar, harakatlanishda ehtiyot bo‘ling!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM