MAHORATLI AKTRISA BILAN IJODIY UCHRASHUV

Elimizning ardoqli aktrisasi Saida Rametova borgan davraga fayz kiradi. U o‘zining qator kino va teatrda ijro etgan rollari bilan xalqimizga yaxshi tanish.

Narpay tumanidagi 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mahoratli aktrisa o‘z hayot yo‘li, faoliyati haqida muxlislarga so‘zlab berdi.

Yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM