AHOLIGA KO‘MIR YETKAZIB BERILMOQDA

Shu mavsumda aholini muqobil yoqilg‘i bilan taʼminlash maqsadida “Ko‘mir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati Zirabuloq ko‘mir  omborxonasi tomonidan 3651 tonna ko‘mir tarqatildi.

Ayni paytda 128 tonna ko‘mir mahsuloti tarqatib bo‘linmoqda. Yana ikki kun ichida omborxonaga 138 tonna ko‘mir yetib keladi.

Tuman hokimi, prokuror va tegishli masʼullar omborxonada bo‘lib, ko‘mir zaxirasi, saqlanish holati va sotuvga chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdilar.

Aholiga sifatli muqobil yoqilg‘i yetkazish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz: Muqobil yoqilg‘i – ko‘mirga ehtiyoj sezsangiz quyidagi telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin: 

(+99894) 373-59-72.

(+99894) 226-19-49

Ko‘mir narxi: (1kg) – 300,3 so‘m;

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM