ICHIMLIK SUVI ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!

Oqtosh suv haydash inshootiga keluvchi D-700 mm suv quvurida nosozlik aniqlangani sabab taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu bois 2022 yil 17 noyabr kuni soat 17:00 dan 19 noyabr kuni soat 06:00 gacha vaqtinchalik ichimlik suv taʼminoti to‘xtalishini maʼlum qilamiz. Zarur hollarda ichimlik suvi maxsus texnikalar orqali tashib yetkaziladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun “Samarqand suv taʼminoti”MCHJ Narpay tuman filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

Murojaat uchun telefonlar:

(+99893) 036-39-39
(+99894) 929-59-59

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM