Narpay tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Razzakov Nurbek Yarashovichning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida oktyabr oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasiga oktyabr uchun budjet daromadlariga 6.9 mlrd.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 7.7 mlrd.so‘mlik tushum taʼminlandi va prognoz ko‘rsatkichi 111.7 foizga (0.8 mlrd.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yilning oktyabr oyida 98 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganildi. Shundan 68 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 26 ta, soliq qarzi to‘g‘risida maʼlumot berishda 13 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 9 ta, 12.6 million so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 2 ta tadbirkorlik subyektiga ko‘maklashildi. Shuningdek, 30.0 million so‘mlik imtiyozli kredit olishda 1 ta tadbirkorga amaliy yordam berildi.

Masalan uchun tumandagi “Narpay Ziyodullo Taomi” OK ga 30.0 million so‘mlik kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdik “Jask Omad” XKning aylanma soliq to‘lovidan bo‘lgan 2.0 million so‘m ortiqcha to‘lovini va “Eliboy Envist” XKning yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan bo‘lgan 5.7 million so‘mlik ortiqcha to‘lovini hisob raqamiga qaytarishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

Taʼkidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022 yilning oktyabr oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 728 nafarni tashkil etdi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida ishonch telefonlari 66-432-11-21 hamda 66-432-11-16 tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM