HURMATLI FUQAROLAR! OGOH BO‘LING!

 Kunlarning keskin sovushi oqibatida xonalarni, uylarni, korxona va tashkilotlarni isitishga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Shu munosabat bilan Sizlardan xonadoningizni isitish maqsadida qo‘l bola usulda tayyorlangan hamda davlat standartlariga javob bermaydigan isitish uskunalaridan foydalanmasligingizni so‘raymiz.

Xonadoningizdagi isitish pechlarining dudbo‘ronlarini ko‘rikdan o‘tkazing va muntazam ravishda tozalab turing, xonada gaz hidini sezsangiz, elektr jihoz yoki chiroqlardan foydalanmang, xonani tezda shamollating va mutaxassislarni chaqiring.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tavsiyalarni o‘z vaqtida bajarsangiz o‘zingiz va yaqinlaringizni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, is gazi hamda gaz havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olgan bo‘lasiz.

Narpay tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM