#Kecha

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY HARAKATI DOIRASIDA

Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi xodimlari  Muqimiy mahallasi hududida  turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekib, “Yoshlar bog‘i”  tashkil etdilar. 

Shuningdek, ular Oqtosh shahridagi istirohat bog‘i ichiga ham ko‘chat o‘tqazishdi.

***

Ahillik mahallasi fuqarosi Akmal Ochilov dala tomorqasida “Yashil makon” barpo etdi. Mahalla faollari va nuroniylari ishtirok etgan hasharda 120 tup mevali daraxt ko‘chati, 150 tup tok qalamchasi va 10 tup archa niholi ekildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM