MUHIM LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI

Bundan bir yarim oy avval, masʼullar joylarga chiqib, aholini kayfiyatini ko‘tarish bilan bog‘liq infratuzilmadagi  muammolar ro‘yxatini shakllantirgan edi. Shunga asosan tumanda 29 ta eng muhim loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar uchun qariyib 23 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Tuman hokimi Qozikent, Umid, O‘zbekiston, Do‘stlik va Oltio‘g‘il mahallalarida bo‘lib aholi bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan suhbatlashdi.

Ushbu mahallalarning birida ichki yo‘llarga asfalt yotqiziladi, birida ko‘prik quriladi, boshqasida esa yangi transformator, ustunlar o‘rnatilib, havo tarmog‘i tortiladigan bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM