#Bugun

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY HARAKATI DOIRASIDA

Tuman mudofaa ishlari bo‘limi shaxsiy tarkibi tomonidan Muqimiy mahallasi hududidagi fermer xo‘jaliklarga tegishli ekin maydonlari atrofiga 3000 ming dona terak qalamchalari hamda 147  tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

***

Tuman veterinariya bo‘limi hamda veterinariya laboratoriyasi, shu kabi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Narpay tuman Kengashi vakillari Salovat mahallasi hududiga 110 tup mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari qadadilar. Ushbu tashkilotlar tomonidan aynan shu hududga 15000 tup nihol o‘tqazilgan.

***

“Narpay chinor dala” fermer xo‘jaligi aʼzolari ekin yerlari chetiga 150 tup olma ko‘chati ekishdi.

***

“Oqtosh don” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari ham bu kabi xayrli ishga bosh qo‘shishmoqda. Jamiyat vakillari Muqimiy mahallasi hududiga 450 tup archa ko‘chati o‘tkazdilar.

***

Barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM